Osiyo o‘yinlari. Bugun O‘zbekiston Quvaytga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 18 sentyabr kuni O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa guruh bosqichining 2-turida Quvayt olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da start oladi. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqani ishonchli boshladi. Jamoa joriy yilning 15 sentyabr kuni birinchi turda Filippinni 5:1 hisobida mag‘lub etdi. Urinboyev, Saidnurillayev (2 ta), Fayzullayev va Reymovning gollari O‘zbekistonga yirik g‘alabani ta’minladi.

Quvayt esa birinchi turda Vetnam bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu sababli hozirda “S” guruhida O‘zbekiston 3 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Quvayt va Vetnam hisobida 1 ochkodan bor, Filippin esa ochkosiz qolgan.

Bugungi bahs O‘zbekiston uchun guruhdagi mavqeini mustahkamlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. G‘alaba jamoaga 6 ochko jamg‘arish va keyingi bosqichga chiqish uchun qulay imkoniyat yaratishi mumkin.

Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha guruhdan birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo‘l oladi. O‘zbekistonning guruh bosqichidagi so‘nggi uchrashuvi joriy yilning 22 sentyabr kuni Vetnamga qarshi o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlari ikkinchi tur doirasida Xitoy bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing