Osiyo kubogiga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rdik – Jasur Jaloliddinov

Sport

image

26 aprel kuni Osiyo kubogi chorak finali doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs oldidan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“Bu musobaqaga uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rdik. Yildan yilga o‘z o‘yinimizni shakllantirib, o‘sishga erishdik. Hozirda hech qanday bosimni his qilmayapmiz. Bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan”, deydi Jaloliddinov.

Futbolchi shuningdek, ertangi o‘yindagi muxlislik haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Biz xalqimizning qo‘llab-quvvatlashini his qilib turibmiz. Ular g‘alabamiz uchun duoda bo‘lishmoqda. Ertangi o‘yinda raqib jamoa muxlislari ko‘p bo‘lishi bizga bosim bermaydi, bor e’tiborimizni g‘alaba qozonishga qaratamiz”, deya qo‘shimcha qildi jamoa sardori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoniga qarshi bahs oldidan jamoa ustozi Temur Kapadze ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Jasur Jaloliddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing