Osiyo kubogiga qur’a tashlandi
Sport
−
12 fevral 5430 1 daqiqa
Bugun, 12 fevral kuni OFK qarorgohi Kuala-Lumpur shahrida 2026 yilgi U-17 Osiyo kubogiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston “D” guruhidan o‘rin oldi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi “D” guruhida Avstraliya, Hindiston, KXDR bilan bir guruhdan joy oldi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogidagi ishtirokini KXDRga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Musobaqa 2026 yilning 7-24 may kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi ushbu yosh toifasidagi Osiyo kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Islom Ismoilov boshchiligidagi terma jamoa 2025 yilgi turnir finalida Saudiya Arabistoni o‘smirlarini 2 ta kam bo‘lgan holda mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi