Osiyo kubogi: O‘zbekiston futzalchilari Bahraynni yakson qildi

Sport

image

Bugun, 1 oktyabr kuni Kuvaytda o‘tkazilayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogining 3-turida O‘zbekiston terma jamoasi Bahraynga qarshi bahs olib bordi va yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning 6-daqiqasida Elbek To‘lqinov o‘zbekistonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 19-daqiqada Akbar Usmonov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

O‘zbeiston terma jamoasi ikkinchi taymni yanada hujumkorroq o‘tkazdi. 22-daqiqada Mashrab Odilov o‘rtadagi farqni yiriklashtirdi. 4 daqiqa o‘tib, Shahram Faxriddinov ham o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi. Lekin bu hali o‘zbekistonlik futazlchilarning oxirgi goli emasdi. 26 va 30-daqiqalarda Nishonov va Usmonov Bahraynning darvozasiga 5 va 6-gollarni yo‘lladi. 35-daqiqaga kelibgina Ammar Hasan Ali Bahraynning birinchi va yagona golini kiritdi. Alining goli ushbu uchrashuvdagi so‘ngisi bo‘ldi. Shu tariqa, o‘zbekistonlik futzalchilar Bahraynni 6:1 hisobda mag‘lub etdi va guruh bosqichida yuz foiz natija qayd etgan holda, chorak finalga yo‘l oldi. 

O‘zbekiston – Bahrayn 6:1.

Hakamlar: Issa Abdulhussayn (Kuvayt), Truong Quok Dung (Vetnam), Leung Chung Yin (Gonkong)

Gollar: 1:0 – E.To‘lqinov (6), 2:0 A.Usmonov (20), 3:0 ¬– M.Odilov (22), 4:0 – Sh.Faxriddinov (26), 5:0 – H.Nishonov (27), 6:0 Akbar Usmonov (30), 6:1 –  Ammar Hasan Ali (35)

O‘zbekiston (dastlabki beshlik): 1.Rustam Umarov , 3.Mashrab Odilov, 5.Sunnat Jo‘rayev, 7.Dilshod Rahmatov, 9.Elbek To‘lqinov.

Bahrayn (dastlabki beshlik): 13.Sayid Fadhel Radhi Majid Radhi Mahfuz, 4.Falah Abbos Isa Mahdi Ali Yusuf, 6.Ammar Hasan Ali Mayhad Ali, 8.Muhammad Radhi Muhammad Nosir Muhammad Al Sandi , 12.Salman Maula Bukxsh Hamza Haydar Muhammad.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo kubogi

Baholaganlar

126

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing