Osiyo kubogi-2023: O‘zbekistonlik futbolchi guruh bosqichi ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yetakchilaridan biri Otabek Shukurov mashhur “Khelnow.com” sayti tomonidan Osiyo kubogining guruh bosqichi ramziy terma jamoasiga kiritildi. 

“Shukurov O‘zbekiston milliy jamoasining guruhdagi barcha o‘yinlarida ishtirok etdi va muhim o‘yinchilardan biri bo‘ldi. U bitta golga assistentlik qildi va himoyada juda samarali harakat qildi. U raqibning 6 ta zarbasiga to‘g‘anoq bo‘ldi”, deyiladi manba xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “oq bo‘rilar”ning himoyachisi Farrux Sayfiyev musobaqa rasmiy sahifasi tomonidan guruh bosqichi 3-tur ramziy jamoasiga kiritilgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi pley-off bosqichida Tailand bilan kuch sinashadi. Bahs 30 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Otabek Shukurov Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing