Osiyo kubogi-2023: Nega tojikistonlik futbolchilar O‘zbekiston bayrog‘ini hilpiratdi? (video)

Sport

image

Kecha, 28 yanvar kuni Osiyo kubogining 1/8 finali doirasida musobaqa debyutanti Tojikiston terma jamoasi sensatsion tarzda turnirning kuchli jamoalaridan biri BAAdan penaltilar seriyasida ustun kelib, chorak finalga yo‘l oldi. Bahsdan so‘ng g‘alabani nishonlash chog‘ida 2-3 nafar tojikistonlik futbolchi tribunadagi muxlislardan O‘zbekiston bayrog‘ini olib, maydon uzra aylantirdi. Bu esa O‘zbekiston futbol jamoatchiligining e’tiborini tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston muxlislarining yetakchilaridan biri Javohir Shokirov va yana bir qator o‘zbekistonlik muxlislar tojik futbolchilariga O‘zbekiston bayrog‘ini bergan. Bu haqda Javohir Shokirov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

“Tojikistonlik muxlislar stadionda tarqoq holda o‘tirgandi, o‘zbekistonlik ishqibozlar esa bitta sektorda tojik futbolchilarini qo‘llab-quvvatladi. Shu sababdan ham o‘yin oxirida futbolchilar O‘zbekiston bayrog‘ini olib hilpiratdi”, deydi Shokirov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston-Tailand bahsiga qancha chipta sotilgani xabar qilingandi. 

Hozirda eng ko‘p chipta 1/8 finalning markaziy o‘yini Saudiya Arabistoni-Janubiy Koreya bahsi uchun sotilgan. 37 mingdan ortiq bilet allaqachon o‘z egasini topib ulgurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing