Osiyo kubogi-2023: Bugun O‘zbekiston Qatar bilan kuch sinashadi

Sport

image

Bugun, 3 fevral kuni Qatarda o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogining 1/4 final bahslari davom ettiriladi. Srechko Katanets murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur bosqichda mezbon Qatar bilan bahs olib boradi.

Jamoalar shu vaqtga qadar 14 marta bahs olib borgan. Shulardan 9 tasida O‘zbekiston, 3 tasida Qatar g‘alaba qozongan. Yana 2 ta uchrashuvda durang qayd etilgan.

Bugungi uchrashuvda “oq bo‘rilar” an’anaviy oq liboslarda maydonga tushadi. Darvozabon esa qora rangli libosda harakatlanadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston-Qatar o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da boshlanadi. O‘yin Doha shahridagi “Al-Bayt” stadionida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo kubogi Srechko Katanets

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing