Osiyo chempionatining finali O‘zbekistonda bo‘ladi
Sport
−
18 Sentabr 2019 5863 1 daqiqa
2020 yilda O‘zbekiston futbol bo‘yicha 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi qit’a chempionati final bosqichiga mezbonlik qiladi.
Kecha, 17 sentyabr kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda OFK Musobaqalar qo‘mitasining ilk yig‘ilishda U-19 Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O‘zbekiston nomzodi ma’qullandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit’a chempionatiga mezbonlik qiladigan bo‘ldi.
Qayd etish joiz, U-19 Osiyo chempionati-2020 taqvimiga ko‘ra, bahslar kelasi yilning 14-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr