Oshqozon saratonining dastlabki belgilari ilk bor ma’lum qilindi

Salomatlik

image

Ovqat hazm qilish qiyinligi, yutish paytida muammolar va vazn yo‘qotish odam oshqozonida saraton rivojlanishining dastlabki belgilari bo‘lishi mumkin. Tarixda ilk bor bu haqda saraton kasalligi va ularni davolash usullarini o‘rganadigan Britaniyaning Cancer Research UK xayriya tashkiloti mukammal ma’lumot berdi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, yutishdagi qiyinchilik, faol vazn yo‘qotish, uch haftadan ziyod davom etadigan oshqozon buzilishi, shuningdek, tez to‘yganlik hissi odam oshqozonida saraton rivojlanayotgani alomatlari hisoblanadi. Bunday holatda tezda shifokorga murojaat qilish kerak. Mutaxassislar, shuningdek, yuqoridagi alomatlar qorin og‘rig‘i, tanadagi zaiflik va qon ketish bilan birga bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidlashdi.

Tashkilotning tavsiyalarida keltirilishicha, ushbu alomatlarning qisqa muddatda sodir bo‘lishi oshqozon saratoni boshlanishini anglatmaydi. Ammo, agar alomatlar bir muncha vaqt saqlanib qolsa va yo‘qolmasa, kishi shifokorga murojaat qilishi kerak.

Avvalroq, grechka, jigarrang guruch, javdar, arpa, kinoa), shuningdek, dukkakli mahsulotlar shakar miqdorining keskin o‘zgarishini to‘xtatuvchi, oshqozon mikroflorasini yaxshilovchi murakkab uglevodlarga to‘yingan mahsulotlar ekanligi haqida ma’lum qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

saraton oshqozon

Baholaganlar

1542

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing