Ortingizda Prezident turibdi – Mirziyoyev jurnalistlarga
Jamiyat
−
04 fevral 2021
7528Xabaringiz bor, hozirda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turibdi.
Davlat rahbari Farg‘onaga safari davomida Rishton xalqaro kulolchilik markazida telekanallar va elektron ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muloqot qildi. Bu Prezidentning OAV vakillari bilan ilk jonli muloqoti bo‘ldi.
“Sizlar menga yelkadoshsiz, yordamingizga tayanaman. Adolatni yetkazishdan to‘xtamanglar, qo‘rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi.
Adolat, adolat, adolat! Yana bir marta adolat. Bu yo‘ldan ortga qaytmaymiz. Sizlar adolatni tarafdori bo‘lsangiz, haqiqatni yozsangiz, rahbarlar hozir sizlarni yomon ko‘rishi mumkin, ammo oxiri ishlashga tushadi.
Tizimning ishlashiga olib keladi bu. Men sizlarga ishlaringizda omad tilayman”, degan Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Farg‘onaga tashrifi Oltiariq tumanidagi uzumchilik kooperatsiyasidan boshladi.
LiveBarchasi