Ortiqxo‘jayev olib qo‘yiladigan yerga doir qarorni imzolamoqchi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishi munosabati bilan noturar joy ob’ektlari buzilishga tushgan yuridik va jismoniy shaxslarga teng qiymatli bino-inshoot va yer uchastkalari ajratish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimining tegishli qaror loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjat bilan davlat organining mulkdorga tegishli noturar joy binolari joylashgan yer uchastkasi yoki uning bir qismini yer egasining roziligi bilan yoki yerdan foydalanuvchi va ijarachi bilan kelishgan holda olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinishi munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqatgina qonunlarda belgilangan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yilib, bunda mulkdorning buzilishiga tushgan ko‘chmas mulk ob’ekti evaziga avvalgi noturar joy ob’ektining umumiy maydonidan kichik bo‘lmagan (teng qiymatli) ko‘chmas mulk ob’ekti beriladi va ular o‘rtasidagi tafovut o‘rnatilgan tartibda tomonlarning notarial tasdiqlangan kelishuviga asosan qoplanadi.

Unga asosan ko‘chmas mulk ob’ektlari buzib tashlanishi munosabati bilan mulkdorlarga kompensatsiyaning quyidagi turlari berilishi sharti bilan kelishuv imzolanadi:

a) pul mablag‘lari;

b) boshqa ko‘chmas mulk ob’ektlarini mulk qilib berish;

v) yer uchastkasini ajratib berish;

g) kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari bilan qoplash ishlarini amalga oshirish.

Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga ko‘chmas mulkni baholash qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi mumkin.

Buzib tashlangan ko‘chmas mulk o‘rniga yangi qurilayotgan ko‘chmas mulk ob’ekti berish muddati boshqa ko‘chmas mulk ob’ekti vaqtincha foydalanishga berilgan kundan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddatda yangi ko‘chmas mulk ob’ekti berilmasa, tashabbuskor mulkdorga har bir kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida jarima to‘laydi. Bunda jarima miqdori buzib tashlangan ko‘chmas mulk ob’ekti qiymatining 50 foizidan oshib ketmasligi lozim.

Kompensatsiya sifatida mulk taqdim etilishi nazarda tutilgan Kelishuv qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.


Maqola muallifi

Teglar

Ortiqxo'jaev qaror loyihasi

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing