Ortiqxo‘jayev Aripovning yonida ish boshlagani rostmi?
Jamiyat
−
14 mart 2023
48138Joriy yilning 16 yanvar kuni lavozimidan ozod etilgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Vazirlar Mahkamasida ish boshlagani, Bosh vazir Abdulla Aripovga maslahatchi bo‘lgani haqida ma’lumotlar QALAMPIR.UZ’ga yetib keldi. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Bosh vazirning Matbuot kotibi Bekzod Shukurov bilan bog‘landik.
“Lavozimga tayinlash qaysidir darajadagi hujjat bilan amalga oshiriladi. Lavozim darajasiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, qarori yoki Vazirlar Mahkamasining qarori, farmoyishi chiqishi kerak. Hozircha bunday hujjat mavjud emas”, deydi Shukurov QALAMPIR.UZ bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, 16 yanvar kuni Prezident huzurida bo‘lib o‘tgan energiya resurslari ta’minoti yuzasidan yig‘ilishda Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olganini e’lon qildi. Uning ma’lum qilishicha, Ortiqxo‘jayev ogohlantirishlarga qaramay qishga lozim darajada tayyorgarlik ko‘rmagan.
LiveBarchasi