Orenburgdagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Avvalroq, Rossiyaning Orenburg viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qurbon bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berdi.

22 noyabr kuni Orenburg-Oqbuloq trassasida YTHga uchragan mikroavtobusda 8 nafar yo‘lovchi, jumladan 5 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. YTH oqibatida 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan, 1 nafari Orenburg viloyat klinik shifoxonasiga joylashtirilgan.

Bosh konsulxona mazkur vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi bilan birgalikda marhumlarning jasadlarini Vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildirib, Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing