Orban Yevropa Ittifoqini sobiq SSSRga qiyosladi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Yevropa Ittifoqini yana tanqid qilib, uni sobiq Ittifoq bilan qiyosladi va uni SSSRning “yomon parodiyasi” deb atadi. Bu haqda u kecha, 23 oktyabr kuni mamlakat milliy bayramidagi nutqida aytib o‘tdi.

"Ba’zida tarix takrorlanadi. Moskva fojia edi. Bryussel shunchaki yomon zamonaviy parodiya. Biz Moskva ohangiga raqsga tushishimiz kerak edi. Bryussel ham kuy chaladi, lekin biz xohlagancha va xohlagan vaqtda raqsga tushamiz", deydi Orban.

Shu bilan birga, Orban Yevropa Ittifoqi misolida hali ham umid borligini ta’kidlagan.

"Moskvani endi tuzatib bo‘lmaydi, lekin Bryussel va Yevropa Ittifoqini tuzatish mumkin", deydi u kelasi yilga rejalashtirilgan Yevropa parlamenti saylovlariga ishora qilib.

Vengriya Bosh vaziri bu saylovda hamfikr partiyalar g‘alaba qozonib, Bryusselni migratsiya kabi masalalarda yo‘nalishini o‘zgartirishga majbur qilishiga umid qilmoqda.

23 oktyabr kuni vengerlar Vengriyaning bir partiyaviy diktaturasi va Sovet Ittifoqi ta’siriga qarshi 1956 yilgi xalq qo‘zg‘oloni boshlanishini xotirlashadi. 1989 yilda Vengriyada kommunistik tuzum qulaganidan keyin 23 oktyabr bu mamlakatda milliy bayram deb e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Orban Ukrainaning NATOga qo‘shilishini rad etib, Putin bilan “kelishuvga” chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi SSSR Viktor Orban

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing