Orban Bryusselni bosib olish bilan tahdid qildi

Olam

image

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban o‘z mamlakati suverenitetini himoya qilish uchun Bryusselni “bosib olishga” chaqirdi. Bu haqda u kecha, 15 mart kuni 1848 yilgi Vengriya inqilobining 176 yilligiga bag‘ishlangan marosimda so‘z ochdi.

"Agar biz Vengriyaning erkinligi va suverenitetini saqlab qolmoqchi bo‘lsak, Bryusselni bosib olishdan boshqa ilojimiz yo‘q", deydi Orban.

Hukumat rahbari Vengriya xalqining o‘z erkinligi va suverenitetiga bo‘lgan muhabbatini alohida ta’kidladi. Unga ko‘ra, iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Yevroparlamentga saylovda Bryussel va Vengriya erkinligi o‘rtasida tanlov qilish kerak bo‘ladi.

“Vengriya mustahkam davlat va Yevropa Ittifoqidagi o‘zgarishlarning tashabbuskori bo‘ladi”, deya ta’kidlaydi Viktor Orban.

Vengriya Bosh vaziriga ko‘ra, Budapesht tinchlikni istaydi, ammo Bryussel aksincha, urushni yoqlab, muammolar keltirib chiqaradi, moliyaviy shantaj bilan shug‘ullanadi.

“Slovaklar yana ko‘tarilmoqda, chexlar uyg‘onmoqda, italiyaliklar uyg‘onmoqda, gollandlar yana ko‘tarilmoqda, amerikaliklar ham ish tashlashmoqda. Bu yil burilish nuqtasi bo‘ladi. Yil boshida yolg‘iz edik, yil oxiriga kelib dunyoda ko‘pchilik bo‘lamiz”, deya qo‘shimcha qildi siyosatchi.

Ta’kidlash joizki, Orban ko‘pincha Yevropa Ittifoqining umumiy siyosatiga qarshi chiqadi. Xususan, o‘tgan dekabr oyida Vengriya Ukrainaga 2027 yilgacha 50 milliard yevro miqdorida makromoliyaviy yordam ajratishni bloklab, ushbu qarorga veto qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel esa lavozimidan ketish haqidagi qarorini bu Orbanga uning o‘rnini egallash imkonini ochishidan hadiksirab, bekor qilgandi. Chunki Vengriya 2024 yilning iyulidan dekabrigacha YeI kengashiga raislik qilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Viktor Orban Fransiyaning “Le Poin” jurnaliga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqi so‘nggi yillarda Budapeshtga qarshi mafkuraviy urush olib borayotganini aytgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Viktor Orban Vengriya Bryussel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing