“Oppenheimer” ham “Oltin Globus” mukofotini oldi

Madaniyat-san’at

image

Kinoekranlarda namoyish etilishi bilanoq dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan “Oppenheimer” filmi 2024 yilning datslabki haftasida bo‘lib o‘tgan “Oltin Globus” taqdirlash marosimida taqdirlandi. Bu haqda mukofotning rasmiy sahifasida xabar berildi.

Britaniyalik taniqli rejissyor Kristofer Nolanning ushbu filmi tadbirda "Eng yaxshi dramatik film" nominatsiyasini qo‘lga kiritdi. Bu filmning suratga olingan (2023 yil)dan buyon birinchi bor mukofotlanishi hisoblanadi.

Shuningdek, “Oppenheimer” eng yaxshi rejissyor (Kristofer Nolan), dramadagi eng yaxshi aktyor roli (Killian Merfi) va ikkinchi darajali roldagi eng yaxshi ijro (Robert Dauni) nominatsiyalarida ham qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, “Oppenheimer” 2023 yil iyul oyida AQSHda ishlab chiqarilgan. Unda Amerika yadro qurolini yaratishga rahbarlik qilgan amerikalik fizik Robert Oppengeymerning hayoti haqida hikoya qilinadi. Filmning butun dunyo kinokassalaridagi daromadi 950 million AQSH dollaridan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Google kompaniyasi e’lon qilgan qidiruv tizimida yillik eng ko‘p qidirilgan so‘zlar ro‘yxatida “Barbie” va “Oppenheimer” filmlari birinchi o‘rinni qayd etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

mukofot Kino Oppenheimer Oltin Globus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing