Prezident qashqadaryolik tadbirkorlar, yozuvchi va kitobxon oilani mukofotladi
Jamiyat
−
11:31 732 2 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 nafar qashqadaryolik tadbirkorga unvon berdi, shuningdek, yozuvchi Javlon Jovliyev va “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkentdan uy sovg‘a qildi. Bu haqda Prezident ishtirokidagi Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari “Sultonteks” klasteri rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytgan. Tadbirkorning 2028 yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlangan.
Prezident Nurbek Ergashevga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘yganini bildirgan.
Qamashi tumanidagi Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qo‘shayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga ham “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi” unvoni beriladi.
Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan “Mutolaa” loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etilgan. Unga, shuningdek, “Yosh kitobxon oila” respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi aytilgan.
Davlat rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning o‘zida topshirishni taklif etgan.
Live
Barchasi