“Operatsiya tez orada boshlanadi. AQSH unda ishtirok etmaydi” – Oq uy
Olam
−
07 Oktabr 2019
5213Avvalroq, Turkiya Respublikasi qo‘shinlari Suriya bilan chegara yaqiniga to‘planayotgani haqida xabar began edik. Chegaradagi Akchakale okrugiga qo‘shimcha qo‘shin va texnikalar yuborilgandi.
AQSH Mudofaa vazirligi rasmiy Anqara Suriya shimolida o‘tkazishni maqsad qilgan harbiy operatsiyada ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” AQSH Prezidenti Donald Tramp va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning telefon orqali muloqotidan keyin Oq uy e’lon qilgan bayonotga asosan xabar berdi.
Rasmiy Vashington Turkiya rejalashtirgan operatsiya tez orada boshlanishini tasdiqlagan. “ISHID terrorchi guruhini mag‘lub qilgan AQSH kuchlari bevosita yaqinlikdan saqlanadi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga so‘nggi ikki yilda asir olingan ISHID jangarilari uchun javobgarlik Turkiya zimmasida emani ham qayd etilgan. Tramp administratsiyasida avval Fransiya, Germaniya va Yevropa mamlakatlaridan asirga tushgan fuqarolarini qaytarib olib ketish so‘ralganini eslatib o‘tdi.
LiveBarchasi