OpenAI tirildi: Endi ChatGPT'da cheksiz matnli chatlar va yangi fuksiya bo‘ladi
Texnologiya
−
11:34 1087 2 daqiqa
OpenAI ChatGPT’ning barcha foydalanuvchilari uchun matnli chatlar bo‘yicha cheklovlarni olib tashlamoqda, bepul va Go tariflarida esa GPT-5.6 Luna asosiy model sifatida ishlatiladi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida xabar qildi.
Qayd etilishicha, yangi GPT-5.6 Luna modeli Free (bepul) va Go (premium) foydalanuvchilari uchun GPT-5.5 o‘rnini egallaydi. Shuningdek, ular murakkab savollar uchun yuqori darajada fikrlash imkonini beruvchi yangi “Think” tugmasidan foydalanishi mumkin. OpenAI’ning ta’kidlashicha, fayllar, tasvirlar, ovozli funksiyalar va tasvir yaratish uchun alohida cheklovlar saqlanib qoladi.
Yangilanish Plus va Pro foydalanuvchilariga ham taalluqli. Ular tezkor vazifalar – savollarga javob berish, veb-tadqiqot, maslahat, rejalashtirish, matn yozish va qaror qabul qilish uchun takomillashtirilgan GPT-5.6 Sol modeliga ega bo‘ladi.
Kompaniyaning aytishicha, yangi model yanada qisqa va barqaror javoblar beradi. Codex va Work uchun ishlatiladigan GPT-5.6 Sol versiyasi esa o‘zgarishsiz qoladi.
ChatGPT Plus va Pro foydalanuvchilariga javob tayyorlashda model qanchalik ko‘p fikr yuritishini moslashtirish imkonini beruvchi “thinking slider” ham taqdim etiladi. Foydalanuvchilar uni savolning murakkabligi va yechish uchun zarur bo‘lgan qadamlar soniga qarab sozlashi mumkin.
OpenAI ichki baholash natijalariga ko‘ra, GPT-5.5-Instant bilan solishtirganda, GPT-5.6 Luna’da faktologik xatolar 62 foizga, GPT-5.6 Sol’da esa 68 foizga kam uchragan.
Ma’lum qilinishicha, yangilangan GPT-5.6 Sol 6 avgust kunidan Plus va Pro foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘lgan. Free va Go foydalanuvchilari uchun boshqa yangilanishlar shu haftadan joriy etiladi. Kelasi haftadan esa foydalanuvchilar cheksiz matnli chatlar va murakkab savollar uchun yangi “Think” tugmasidan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ichki sinovlar davomida OpenAI kompaniyasining ikkita modeli – GPT-5.6-Sol va yana bir kuchliroq model Hugging Face platformasi infratuzilmasiga hujum qilgandi.
Live
Barchasi