ChatGPT nazoratdan chiqib, dunyodagi eng yirik SI modellari xabiga hujum qildi
Texnologiya
−
23 iyul 5646 1 daqiqa
Ichki sinovlar davomida OpenAI kompaniyasining ikkita modeli – GPT-5.6-Sol va yana bir kuchliroq model Hugging Face platformasi infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.
Qayd etilishicha, sinovlar internetga ulanmagan alohida muhitda o‘tkazilgan. Botlar ushbu muhitni buzib kirib, tarmoqqa “sizib chiqqan”. Qo‘yilgan topshiriqqa javob topish uchun SI-agentlar ishlab chiquvchilar tayyor neyrotarmoqlar, testlar va boshlang‘ich materiallar bilan bo‘lishadigan Hugging Face platformasini buzib kirgan.
Ma’lumotlarga kirish huquqini olish uchun modellar bir vaqtning o‘zida bir nechta buzib kirish (xeking) usullarini, jumladan, o‘g‘irlangan paroldan foydalanishni qo‘llagan. OpenAI va Hugging Face jamoalari shibhali harakatlarni payqab qolgan va ularni to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
“Biz OpenAI tomonidan hech qanday g‘arazli niyat bo‘lmaganiga qat’iy ishonamiz. Bularning barchasi avtonom tarzda sodir bo‘lgani shunchaki hayratlanarli”, deydi Hugging Face hammuassisi va bosh direktori Kleman Delang.
ChatGPT ishlab chiquvchisi sodir bo‘lgan voqeani “misli ko‘rilmagan kiberhodisa” deb atagan va himoya mexanizmlarini mustahkamlashini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ChatGPT chat-botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi AQSH boshchiligida sun’iy intellektni boshqarish bo‘yicha global organ yaratish taklifi bilan chiqqandi.
Live
Barchasi