OpenAI qalbakilashtirishlar tufayli Sora’ni yopdi
Olam
−
25 mart 2004 1 daqiqa
OpenAI chuqur qalbakilashtirishlar va xatolar tufayli yuzaga kelgan salbiy munosabatdan so‘ng Sora video ilovasini to‘satdan yopdi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, foydalanuvchilarga 200 dan ortiq Disney qahramonlari ishtirokida videolar yaratishga imkon beruvchi Walt Disney Company bilan 3 yillik shartnoma imzolaganiga qaramay, OpenAI o‘zining virusli video ilovasi Sora’ni yopgan.
Bugun, 25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan so‘nggi postda OpenAI Sora ilovasi bilan xayrlashayotganini va tez orada foydalanuvchilar platformada yaratgan kontentlarini qanday saqlab qolishlari mumkinligi haqida batafsil ma’lumot berishini aytgan.
“Sora bilan qilgan ishlaringiz muhim edi va biz bu yangilik umidsizlikka tushishini bilamiz”, deb qo‘shimcha qilgan kompaniya.
Ma’lumot uchun, Sora e’lon qilingandan keyin birinchi haftasida milliondan ortiq yuklab olishlar bilan App Store’da birinchi o‘rinni egallagan.
Live
Barchasi