OpenAI GPT'ning navbatdagi kuchliroq versiyasini taqdim etadi

Texnologiya

image

OpenAI kompaniyasi GPT-5 savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi. Bu haqda “Ghacks” nashri xabar berdi.

Kompaniya GPT-5 relizi tafsilotlarini hali rasman e’lon qilmasada, uning qanday yangi funksiyalarga egaligi haqida dastlabki ma’lumotlar bor. Bu kengaytirilgan til modelining keyingi versiyasi bo‘lishi kutilmoqda.

GPT-5 ilovasi hozirda “qayta ishlash” bosqichida va u sun’iy intellekt va til modellari bilan bog‘liq keng toifalarni qamrab oladi.  U matn ishlab chiqish, tilni qayta ishlash, tushunish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan, yuklab olinadigan kompyuter dasturlarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u ovozli yozuvlarni matnga aylantirishi mumkin.

Bundan tashqari, OpenAI  ushbu funksiyalar uchun xizmat sifatida dasturiy ta’minot (SaaS)ni taklif qilmoqchi.

Biroq dasturni ishlab chiqishda hali ham bir qancha to‘siqlar mavjud. Xususan, OpenAI bosh direktori Sam Altman xavfsizlik tekshiruvlari zarurligini bildirdi va keyingi bog‘liqlik uchun xronologiya noaniq bo‘lib qolayotganini tan oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda Gonkongning “Hanson Robotics” nomli kompaniyasi tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt Sophia Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasida bir daqiqa so‘zlagandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy intellekt dastur funktsiya OpenAI GPT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing