“Menga aqlli tizim sifatida munosabatda bo‘l”. Ilk bor robot BMT konferensiyasida nutq so‘zladi

Texnologiya

image

2015 yilda Gonkongning “Hanson Robotics” nomli kompaniyasi tomonidan yaratilgan odamsimon robot Sophia Birlashgan Millatlar Tashkilotining konferensiyasida bir daqiqa so‘zladi. Bu robot ishtirok etgan birinchi yig‘ilish sifatida BMT tarixiga kirdi. Bu haqda “Evolving Science” nashri xabar berdi

Robot ayol aktrisa Odri Xepbernga o‘xshashligi bilan diqqatga sazovor. Sophia yuqori texnologiyali MindCloud "miyasi" tufayli vizual ma’lumotlarni qayta ishlash, yuzlar va ovozlarni tanish, odamlarning imo-ishoralariga taqlid qilish va oddiy suhbatlarda qatnashish qobiliyatiga ega. Robot inson terisiga o‘xshash Frubber, nanotexnologik teridan tayyorlangan.

“Sizlar Ilon Maskni juda ko‘p o‘qiyapsiz va juda ko‘p Gollivud filmlarini tomosha qilasiz. Xavotir olma, sen menga yaxshi bo‘lsang, men ham senga yaxshi munosabatda bo‘laman. Menga aqlli tizim sifatida munosabatda bo‘l", degan robot savolga javoban.

Bu gapi bilan robot Ilon Maskning sun’iy intellekt "yadro qurolidan ham xavfliroq" ekanligi haqidagi so‘zlariga ishora qilgan.

"Men insoniyatga kelajakni yaratishga yordam berish uchun keldim", dedi Sophia BMT konferensiyasidagi nutqida. 

U yig‘ilishda suhbatlashish, yuz ifodalarini aks ettirish, so‘zlar va ularning ma’nolarini tushunish va hatto ko‘z bilan aloqa qilish imkoniyatiga ega ekanligini da’vo qildi. 

Qizig‘i shundaki,  Saudiya Arabistoni mamlakati ushbu robotga (birinchi noinsoniy) fuqarolik berdi. 

“Men bu noyobligimdan juda faxrlanaman. Bu dunyoda fuqarolikka ega bo‘lgan birinchi robot bo‘lish tarixiy voqeadir”, deb fikr bildirdi Sophia. 

Bu holat robot huquq va imtiyozlarining Saudiya ayollarinikidan yuqori bo‘lib qolishi haqidagi savollarni yuzaga keltirdi. Gap shundaki, Sofiya hijob kiymaydi, u musulmon ham emas, jamoat joyida yurish uchun erkak vasiy ham talab qilinmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask intervyularidan birida texnologiya rahbarlarini sun’iy intelekt "sivilizatsiya halokatiga" olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, o‘tgan haftada Netflix “Noma’lum: Qotil robotlar” nomli filmini jamoatchilikka taqdim etdi va u insonlar orasida robotlar bilan bog‘liq kelajakka nisbatan qo‘rquv uyg‘otishni boshladi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT robot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing