“Open budget”ning navbatdagi mavsumiga ovoz berish boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgustdan “Tashabbusli byudjet”ning joriy yil 2-mavsumidagi loyihalarga ovoz berish boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

“Ochiq byudjet” portali orqali kiritilgan takliflarga quyidagi tartibda ovoz beriladi:
•  “Openbudget.uz” saytiga kiriladi;
•  “Tashabbusli byudjet” bo‘limi tanlanadi;
•  “Ovoz berish” tugmasi bosiladi; 
•  Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
•  “SMS orqali” tugmasi tanlanadi; 
•  Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
•  “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
•  mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi. 

Ovoz berish jarayonlari 27 avgustdan 16 sentyabrga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, ushbu loyiha Prezidentning 2021 yil apreldagi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan. “Open budget” loyihasining birinchi mavsumida 33 ming 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berilgan bo‘lib, yakunda esa 1666 ta loyiha g‘olib deb topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashabbusli byudjet Open budget

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing