Kurs UZS

USD

12 929.37

-17.7

EUR

13 963.72

-69.61

RUB

152.87

-2.14

“Open budget”ning g‘olib loyihalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

“Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025 yilgi 1 mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi. Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab jami 10 mln 450 mingta ovoz berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, ovoz berish jarayoni yakunlariga ko‘ra, 3,2 trln so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Shu bilan birga, Quva tumanida fuqarolar majburiy ovoz to‘plashga jalb etilishi holati qayd etilgani sababli majburiy ovoz to‘plangan loyihalarga aniqlik kiritilmoqda, o‘rganish natijalariga ko‘ra, mazkur tuman bo‘yicha g‘olib loyihalar qo‘shimcha ravishda e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, “Tashabbusli byudjet”ning 2025 yilgi 1-mavsumi uchun loyihalar 1-20 fevral kunlari davomida kiritildi. Saralashdan o‘tgan loyihalarga 11-20 mart kunlari ovoz yig‘ildi. G‘oliblar kutilganidek, bugun, 21 mart – Navro‘z bayrami kuni e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Tashabbusli byudjet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing