“Open budget” g‘oliblari e’lon qilindi (ro‘yxat)

Jamiyat

image

“Open budget” loyihasining ikkinchi mavsumi g‘oliblari e’lon qilindi. Bu haqda loyiha portalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, “Open budget” loyihasining ikkinchi mavsumida 9 ming 436 ta mahalladan 49 ming 464  ta tashabbus ilgari surilib, shulardan 33 ming 489 tasi tasdiqlangan va 15 ming 975 ta tashabbus rad etilgan. Ikkinchi mavsumda jami 18 milliondan ortiq ovoz berilgan. 

Yakunda esa 1007 ta mahalladan 1182 ta loyiha g‘olib deb topilgan.

Ular uchun ajratilgan byudjet esa 1 trillion 308 milliard 645 million 965,5 ming so‘mni tashkil qiladi.

Hududlar kesimida g‘olib bo‘lgan loyihalar soni bo‘yicha Toshkent viloyati (122 ta loyiha) yetakchilik qilgan bo‘lsa, eng kami Jizzax viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi – 50 ta loyiha.

G‘olib loyihalar sohalar kesimida yo‘llarni ta’mirlash (446), umumta’lim maktablari (236) va sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari yetakchi bo‘ldi.

To‘liq ro‘yxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Open budget ikkinchi mavsum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing