Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan 3 yashar qiz shifoxonadan chiqdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 fevral kuni Toshkent hayvonot bog‘ida onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlab yuborilgan 3 yoshli Z.A. shifoxonadan chiqdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Barcha tibbiy ko‘riklar ijobiy natija ko‘rsatgani va bolaning ruhiy holati me’yorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berildi. Qizaloq hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Ma’lumot uchun, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Z.A.ning 18 yoshga to‘lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan mas’ul etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatiga ko‘ra, 3 yoshli qizaloq intensiv terapiya xonasiga ko‘chirilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prokuratura qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona ruhiy 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turishini ma’lum qildi.

Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi esa ayol oliy ta’lim muassasasida dars berishini va turmush o‘rtog‘i bilan ajrayotganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

317

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing