Omonmurodova Olma Ota turniri finalida

Sport

image

Qozog‘istonning Olma Ota shahrida o‘tkazilayotgan tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumiga kiruvchi turnir o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.

Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi musobaqaning yakkalik bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Bundan bir necha daqiqa avval yakunlangan uchrashuvda o‘zbekistonlik Oqgul Omonmurodova final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Tajribali tennischi 2 soatu 23 daqiqa davom etgan yarim final bahsida belaruslik Anna Kubarevadan 6:3, 5:7, 6:3 hisobida ustun keldi. Omonmurodovaning bosh sovrin uchun bahsdagi raqibasi, turnirning uchinchi raketkasi, rossiyalik Valeriya Yurchenko bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Oqgul final

Baholaganlar

11

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing