Omma oldida qonunchilikka bo‘ysunmaslik yoki uni buzishga da’vat qilganlik uchun javobgarlik belgilandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 30 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qonun bilan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari talablarini jamoat tartibiga va jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan tarzda bajarmaslikka yoki buzishga, shu jumladan OAV, telekommunikatsiya tarmoqlari, Internetdan, shuningdek matnni ko‘paytirishning bosma yoki boshqa usullaridan foydalangan holda omma oldida da’vat qilish BHMning 60 baravaridan 80 baravarigacha (hozirgi BHM miqdoriga ko‘ra 14 mln 700 ming so‘mdan 19 mln 600 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Avvalroq, qonunchilikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini internetda haqorat qilganlik va unga tuhmat qilganlik uchun javobgarlik belgilangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

qonun tartibsizlik

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing