“Omikron” o‘zbekistonliklar ko‘p boradigan mamlakatga ham kirib bordi
Olam
−
02 dekabr 2021
18261Birlashgan Arab Amirliklarida koronavirusning “omikron” shtammi bilan kasallanishning birinchi holati aniqlandi. Bu haqda WAM agentligi mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib xabar bergan.
“Sog‘liqni saqlash vazirligi “omikron” shtammi bilan birinchi infeksiya Afrika davlatidan arab davlatlaridan biri orqali kelgan afrikalik ayolda qayd etilganini ma’lum qildi”, deyilgan agentlik xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, JSST favqulodda yig‘ilishdan so‘ng Janubiy Afrikada aniqlangan koronavirusning yangi variantini tashvishga soladigan deb tasniflashga qaror qilgan edi. Yangi shtamm — B.1.1.529 JSST tomonidan yunoncha “omikron” harfi bilan nomlandi.
Yangi shtammi nafaqat Afrikaning janubida, balki Belgiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Saudiya Arabistoni, AQSH va boshqa mamlakatlarda ham aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 3 dekabrdan 2022 yil 10 yanvarga qadar O‘zbekiston yangi shtamm tufayli Janubiy Afrika Respublikasi, Botsvana, Namibiya, Zimbabve, Mozambik, Madagaskar, Lesoto, Esvatini, Tanzaniya va Gonkong bilan xalqaro aviaqatnovlarni (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali respublika hududiga kirish) to‘xtatgandi.
LiveBarchasi