"Omikron” global iqtisodiyot tiklanishini shubhaga qo‘ydi – Putin 

Olam

image
0:00
0:00
download

Koronavirusning “omikron” shtammi tarqalishi oqibatlarining jiddiyligi yaqin haftalarda aniq bo‘ladi, ammo u allaqachon global iqtisodiyotning tiklanish sur’atlarini shubha ostiga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “VTB kapitala” forumida gapirgan. 

Shu munosabat bilan u hukumatga harakatlar rejasini yangilash bo‘yicha topshiriq bergan va yana jahon hamjamiyatini kuchlarni birlashtirishga chaqirgan. 

“Yaqin haftalarda yangi shtammning oqibatlari qanchalik jiddiy ekanligi ma’lum bo‘ladi. Biroq, virusning har qanday o‘zgarishiga tayyor bo‘lish kerakligi aniq. Hukumatdan bir hafta ichida koronavirusning yangi shtammining tarqalish xavfi bilan bog‘liq yangilangan chora-tadbirlar rejasini tayyorlashni so‘rayman”, degan Putin. 

Putinga ko‘ra, infeksiyaning global, transchegaraviy xususiyatini hisobga olgan holda, epidemiyaga qarshi samarali javob faqat birgalikda berilishi mumkin. 

“Men vaksinalar va emlash sertifikatlarining o‘zaro tan olinishi, sayyoramizning barcha hududlari uchun emlashlar mavjudligi va koronavirusga qarshi yangi dori vositalari ustida birgalikda ishlashni nazarda tutyapman”, degan Rossiya Prezidenti. 

Avvalroq, Amerikaning Johnson & Johnson (J&J) kompaniyasi koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi vaksina yaratishni boshlagani haqida xabar bergandik.  

Ma’lumot o‘rnida, noyabr oyining oxirida Janubiy Afrika olimlari birinchi bo‘lib “omikron” shtammi paydo bo‘lgani haqida xabar berdi. Shtamm juda ko‘p mutatsiyalarga ega, bu esa uni yanada yuqumli va vaksina immunitetini chetlab o‘tish uchun yaxshiroq moslashtirishi mumkin. “Omikron”ning tarqalishi tufayli Isroil chet el fuqarolari uchun chegaralarini yopgan birinchi davlat bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin koronavirus omikron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing