“Omicron” tadqiqi: yangi shtamm vaksinalardan yaxshiroq himoyalangan
Bu qiziq
−
09 dekabr 2021
7961Pfizer va BioNTech kompaniyalari koronavirusning yangi “omicron” shtammi vaksina antikorlarini koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda samaraliroq chetlab o‘tishini tasdiqladi.
Kompaniya o‘tkazgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, “omicron”ga qarshi Comirnaty vaksinasining uch dozasi bilan emlanish ikki dozali vaksinatsiyadan ko‘ra samaraliroq himoya qilishini ko‘rsatgan.
Qayd etilishicha, tadqiqot bir qancha faktlarni ochib bergan. Birinchidan, tadqiqotchilar yangi paydo bo‘lgan dalillarni tasdiqladilar, yangi “omicron” variantini antikorlar bilan neytrallash haqiqatan ham SARS-CoV-2 ga nisbatan kamaygan. Shunday qilib, ularning ma’lumotlariga ko‘ra, yangi variantning virusli zarralarini bir xil darajada neytrallash uchun “normal” virusga qaraganda o‘rtacha 25 baravar ko‘proq antikor kerak bo‘ladi.
Ikkinchidan, ishlab chiquvchilar vaksinaning uchinchi, kuchaytiruvchi dozasi antikorlar darajasini taxminan 25 baravar oshiradi, deb xabar bermoqda. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, uchinchi emlashdan keyin neytrallanish vaksina ikki marta kiritilganda asl shtamm uchun kuzatiladigan darajaga yetadi. Bu Germaniyadan mustaqil tadqiqotchilar tomonidan olingan dastlabki ma’lumotlar bilan bilvosita tasdiqlangan.
O‘z navbatida, Germaniyaning BioNTech rahbari Ug‘ur Shahin kompaniya “omicron”ga qarshi maxsus vaksina ustida ishlashni davom ettirishini ta’kidladi. Ishlab chiqaruvchilar uning 2022 yil mart oyida sotuvga chiqishiga umid qilishmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr