“Omicron” pandemiyani tugatishi mumkin – virusolog

Salomatlik

image

Koronavirusning yangi shtammi - “omicron” pandemiyani tugatishi mumkin. Gamaleya nomidagi Immunologiya markazi virusolog professori Anatoliy Altshteyn Sputnik radiosi bilan suhbatda shunday fikr bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “omicron” shtammi aniqlanganiga yaqinda bir oy bo‘ladi, lekin o‘tgan vaqt ichida “omicron” shtammi yuqqan bemorlarning birortasida kasallik og‘ir kechgani yoki o‘lim holatlari bo‘lgani kuzatilmagan. Lekin shu bilan birga ushbu shtamm o‘ta yuqumliligi aniqlangan.

“Omicron” odamlarga yuqadi, biz yengil ko‘rinishdagi kasallarni ko‘ramiz va shundan so‘ng hech qanday koronavirus bizga xavfli bo‘lmaydi”, deydi Altshteyn.

Masalan, JARda u bir oydan kam vaqt ichida koronavirusning delta va boshqa shtammlarini siqib chiqarib yuborgan va so‘nggi kunlarda aniqlanayotgan holalatlarning aksariyati “omicron” shtammiga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘ta yuqumlilik - yangi virus xususiyatlaridan biri bo‘lib, bu uning S-oqsilida mutatsiyalar juda ko‘pligi bilan izohlanadi. Ya’ni virusning genomi barqaror bo‘lmasa, kasallik og‘ir oqibatlarga olib kelmaydi.

Koronavirusdan o‘lim holatlari soni grippning o‘lim holatlari soniga tenglashganda pandemiya tugagani haqida xulosa qilish mumkin, deydi virusolog.

“Hozircha virus yoshi katta kishilarga yetib bormagan, lekin dastlabki xulosalarga ko‘ra “omicron” o‘z oqibatlariga ko‘ra, unchalik qo‘rqinchli virus emas”, deb qo‘shimcha qilgan shifokor.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning yangi B.1.1.529 shtammi ilk bor Botsvanada 11 noyabr kuni aniqlangan edi. Shundan so‘ng JAR, Gonkong va boshqa davlatlarga tarqaldi. Bugungi kunda “omicron” 27 ta davlat hududida aniqlangan.

Uning asosiy xususiyati – o‘ta yuqumli va insonning kasal bo‘lib tuzalish va vaksinalash orqali orttirgan immunitetiga chap berib o‘ta oladi. JSST yangi shtammni “xavotirli” deb tan olib unga grek alifbosining 15-harfi – “omicron” nomini bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

omikron

Baholaganlar

833

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing