“Omicron”ning yangi turi topildi. U PZR testda aniqlanmaydi
Olam
−
08 dekabr 2021
13375Koronavirusning "omicron" shtammining PZR testlarida aniqlash qiyin bo‘lgan turi topildi. Bu navni odatiy testda aniqlash qiyinligi uchun "ko‘rinmas" deb atalmoqda. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlashicha, yangi variant mutatsiyalar to‘plami bo‘yicha standart "omicron"ga o‘xshash, biroq unda sinov orqali aniqlash imkonini beruvchi qism yetishmaydi. Olimlarning aytishicha, tuzilishdagi farqlar tufayli yangi tur allaqachon ma’lum bo‘lgan turdan farqli o‘laroq tez tarqalishi mumkin.
Shuningdek, mutaxassislar B.1.1.529 deb nomlangan dastlabki "omicron"ni kichik turlarga bo‘lishgan. Dastlab ma’lum bo‘lgan nav BA.1, yangi "ko‘rinmas" deb atalayotgani BA.2 deb nomlangan.
Ma’lumot uchun "omicron"ning bu yangi navi bilan kasallanish Janubiy Afrika mintaqasi, Avstraliya va Kanadada aniqlangan. Hozirda yangicha navni yuqtirgan bemorlar soni 12 nafarni tashkil qilmoqda.
“Hozircha yangi versiya aniq qanday paydo bo‘lganligi ma’lum emas. U ham "omicron" deb ataladi. Ammo ular bir-biridan genetik jihatdan farq qiladi. Agar u tez tarqalsa, yangi "tashvishli variant"ga aylanishi mumkin. deb yozadi "The Guardian" nashri.
Bundan tashqari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti "omicron" “delta" shtammiga qaraganda osonroq yuqishi mumkinligini ta’kidladi. JSSTning shoshilinch kasalliklar bo‘limi rahbari, epidemiolog Mariya Van Kerxovening aytishicha, "omicron" koronavirusning yengil shtammini keltirib chiqaradi. Shuningdek, hozirgacha bu shtamm bilan bog‘liq o‘lim qayd etilmagan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi