“Oltin uchburchak” zonasida fohishalikka majburlangan ayollar qutqarildi

Olam

image

“Oltin uchburchak” – Tailand, Myanma va Laos hududlarini o‘z ichiga olgan zonada  tutqunlikda saqlanayotgan qozog‘istonlik ayollar qutqarildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.

Qayd etilishicha, yanvar oyi oxirida Tailanddagi Qozog‘iston konsuliga WhatsApp messenjeri orqali “Oltin uchburchak”da fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangan ayol haqida xabar kelib tushgan. Xabarda ayolni bu "botqoqlik"dan olib chiqish uchun yordam so‘ralgan edi. Mahalliy hokimiyat organlari bilan olib borilgan harakatlardan so‘ng ikki nafar Qozog‘iston fuqarosi mehnat qulligida ekani ma’lum bo‘lgan. 

“Biz bor kuchimizni sarfladik, bir oy muzokaralar olib bordik. Natijada, ular qutqarilib, hozirda Qozog‘istonga olib kelinyapti”, deydi Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov.

Uning aytishicha, jabrlanuvchilar Olmaota va Aqto‘belik qizlardir. Ikkalasi ham oliy ma’lumotga ega va bir necha tilda so‘zlasha oladi. Ular yuqori maoshli ish qidirib, ushbu davlatga kelib qolishgan. Qozoq ayollarini ishga qabul qilgan kompaniyalar har biri uchun 10 ming dollardan to‘lov talab qilgan. Agar rad etilsa, fohishalikka majburlanishi aytilgan. Diplomatlarning harakatlari tufayli ularni qutqarish uchun bir tiyin ham sarflanmadi, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan Qozog‘iston fuqarolariga xorijga sayohat qilishda barcha aloqalar, shartlar, kompaniyalar va bo‘lajak mas’uliyatni diqqat bilan o‘rganish tavsiya etilgan.

“Bu sizning taqdiringiz, sizning hayotingiz. Yaxshiyamki, sizni sog‘-omon qutqarish baxtiga muyassar bo‘ldik. Shuning uchun barcha holatlarga faqat ehtiyotkorlik bilan e’tibor qaratish lozim”, deya ogohlikka chaqirdi vazirlik vakili.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tailand M'yanma Oltin uchburchak Laos

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing