“Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar e’lon qilindi
Sport
−
21 fevral 4568 1 daqiqa
“Score90” portali 2026 yilgi “Oltin to‘p” sovriniga da’vogar futbolchilar reytingini yangiladi.
Reytingda “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn joylashgan. Kuchli uchlikni “Barselona” 18 yoshli futbolchisi Lamin Yamal yakunlab bergan.
2026 yilgi “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar va ularning g‘alaba qozonish imkoniyatlari quyidagicha:
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”) – 26%
- Harri Keyn (“Bavariya”) – 18%
- Lamin Yamal (“Barselona”) – 16%
- Deklan Rays (“Arsenal”) – 10%
- Erling Holand (“Manchester Siti”) – 8%
- Vinisius Junior (“Real”) – 4%
Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda “Oltin to‘p” sovrini PSJ futbolchisi Usmon Dembelega nasib etgan edi.
Live
Barchasi