Keyn ritsarlik unvonini olişi mumkin

Sport

−

image

Angliya terma jamoasi sardori Harri Keyn “Oltin töp” sovrinini qölga kiritganidan söng, unga futbolçilik faoliyatini yakunlaganidan keyin ritsarlik unvoni beriş taklifi ilgari surildi. Bu haqda “The Guardian” naşri xabar berdi.

Bu taşabbusni Leyboristlar partiyasi deputatlari qöllab-quvvatlagan. Keyn uşbu sovrinni 25 yil içida qölga kiritgan birinçi angliyalik futbolçi böldi. Uning muvaffaqiyati ser Stenli Mettyus tarixdagi ilk “Oltin töp”ni olganidan roppa-rosa 70 yil ötib qayd etildi.

Leyboristlar partiyasi deputatlari Rozena Allin-Xan va Klayv Efford Angliya terma jamoasi sardoriga faoliyatini yakunlaganidan keyin ritsarlik unvoni beriş taklifini qöllab-quvvatladi.

Buyuk Britaniya Boş vaziri matbuot kotibi hujumçining yutuğini yuqori baholadi, biroq unga ritsarlik unvoni berilişi mumkinligi haqida izoh berişdan boş tortdi.

“Boş vazir Harri Keynni “Oltin töp”ni qölga kiritgani bilan tabriklamoqçi. 25 yil içida uşbu sovrinni olgan birinçi angliyalik böliş – favqulodda yutuq. Buni öz vatanida, ser Stenli Mettyus tarixdagi ilk sovrinni qölga kiritganidan 70 yil ötib amalga oşirişi esa alohida ramziy ma’noga ega”, deydi matbuot kotibi.

Keynga ritsarlik unvoni berilişi haqidagi savolga javob berar ekan, u futbolçining Angliya futboliga qöşgan hissasi katta ekanini ta’kidladi. Biroq mukofotlarni topşiriş jarayonidan oldinroq xulosa çiqarmasligini bildirdi. Harri Keyn hozirda Britan imperiyasi ordeni (MBE) sohibi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Devid Bekxem ritsarlik unvoni bilan taqdirlangan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing