Ronaldu muxlislariga “Oltin töp” uçun rahmat aytdi
Sport
−
11:06 437 2 daqiqa
Futbol tarixidagi eng yaxşi töpurar, portugaliyalik hujumçi Kriştianu Ronaldu barça davrlarning eng yaxşi “Oltin töpi” sörovnomasida unga ovoz bergan muxlislarga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda u özining Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Avvalroq, Ronaldu barça davrlarning eng yaxşi “Oltin töp” sohibi deb topilgani haqida xabar berilgan edi. Taşkilotçilar tarixdagi eng yaxşi “Oltin töp” sohibini aniqlaş uçun pullik ovoz beriş jarayonini ötkazdi. Sörovnoma ğolibi 2008 yilda uşbu sovrinni qölga kiritgan portugaliyalik futbolçi böldi. Öşa paytda u “Mançester Yunayted” safida töp surgan va jamoasi bilan Angliya Premer-ligasi hamda Çempionlar ligasida ğolib çiqqan edi. Bu Ronalduning ilk “Oltin töpi” bölgan. Keyinçalik u yana tört marta uşbu mukofotga sazovor böldi.
“Futbol muxlislarga tegişli! Butun dunyodagi barça muxlislarga rahmat. Barça davrlarning “Oltin töpi” ham sizniki”, deb yozdi Ronaldu.
Eslatib ötamiz, 2026 yilgi “Oltin töp”ni topşiriş marosimi joriy yilning 26 oktyabr kuni Londonda bölib ötdi. 2025-2026 yilgi mavsumning eng yaxşi futbolçisi sovrini Germaniyaning “Bavariya” klubi hujumçisi Harri Keynga topşirilgandi.
Live
Barchasi27 Oktyabr