“Oltin qalam” XIV milliy mukofoti: G‘oliblar taqdirlandi!

Jamiyat

image

Bugun, 3 may – Jahon matbuoti erkinligi kunida Toshkentdagi “Turkiston” saroyida “Oltin qalam” XIV milliy mukofoti g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlandi:

Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (televideniye – 1-, 2-, 3-o‘rinlar):
 
1-o‘rin – “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” axborot-tahliliy ko‘rsatuvi muallif va boshlovchilar: Sarvar Bahodirov, Amirxon Po‘latov.

2-o‘rin – “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” ko‘rsatuvi, mualliflar: Quddus A’zamov, Nurali Oripov.
 
3-o‘rin – Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi xabarlar informatsion dasturi ijodiy jamoasi, guruh rahbari Venera Sariyeva.
 
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (radio – 1-, 2-, 3-o‘rinlar):
 
1-o‘rin – “Yoshlar” teleradiokanali bosh muharriri Nargiza Kamolova.
 
2-o‘rin – “Ruxsor FM” radiosi bosh muharriri Avaz Igamberdiyev.

3-o‘rin – Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi birinchi toifali muharriri Feruza O‘ktamova.
 
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (bosma ommaviy axborot vositalari – 1-, 2-, 3-o‘rinlar);
 
1-o‘rin – ikki ishtirokchiga nasib qildi: birinchisi, “Jahon adabiyoti” jurnali, bosh muharrir Ahmadjon Meliboyev; ikkinchisi, “Ishonch” va “Ishonch doveriya” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov.
 
2-o‘rin – “Kitob dunyosi” gazetasi tahririyati, bosh muharrir Xosiyat Rustamova.
 
3-o‘rin – Yuliana Moroz “Pravda Vostoka” gazetasi muxbiri.
 
Eng yaxshi jurnalistik material uchun milliy mukofot (Internet-jurnalistika – 1-, 2-, 3-o‘rinlar):
 
1-o‘rin – xabar.uz sayti sharhlovchisi Barno Sultonova.
 
2-o‘rin – kar24.uz muxbiri Kubat Bekniyozova.
 
3-o‘rin – O‘zA yetakchi muharriri Sayyora Shoyeva.

“Oltin qalam” XIV milliy mukofotining bosh sovrini ikki jamoaga topshirildi:

Birinchi sovrindor, Xalqaro Press-klub, rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

Ikkinchi sovrindor, “O‘zbekiston-24” teleradiokanali jamoasi, direktor Madamin Safarov.


Maqola muallifi

Teglar

Oltin qalam

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing