“Oltin butsa” egasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Kecha, 24 may kuni Fransiya Birinchi ligasining joriy mavsumidagi so‘nggi tur o‘yinlari o‘tkazildi. Chempionatining so‘nggi turida amaldagi chempion PSJ mehmonda “Reyms” klubiga qarshi to‘p surdi. Kutilmaganda bu bahs parijliklarning 1:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakun topdi.

Uchrashuvda parijliklar forvardi Kilian Mbappe raqib davozasiga bir marta yo‘l topa oldi. Shu tariqa, fransiyalik futbolchi musobaqadagi gollari sonini 33taga yetkazib, “Oltin butsa” uchun kurashda “Barselona” forvardiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

O‘z-o‘zidan ma’lumki, 2018/19 yilgi mavsumning eng yaxshi to‘purari “Barselona” sardori Lionel Messi bo‘ldi. U LaLiganing 34 uchrashuvida qatnashib, 36 bora raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishgandi.

Qayd etish joizki, 31 yoshli futbolchi mazkur sovrinni 6-marotaba  qo‘lga kiritadigan bo‘ldi.  Messi 2010, 2012, 2013, 2017, 2018-yillarda ham “Oltin butsa”ga egalik qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Futbol Oltin butsa

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing