Olomon ichidagi Makronga pomidor otishdi (video) 

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bugun, 27 aprel kuni Serji munitsipalitetiga safari chog‘ida pomidordan “o‘qqa tutildi”. Bu haqda BFMTV xabar bergan.  

Telekanal tomonidan efirga uzatilgan kadrlarda bir nechta pomidor katta olomonning markazida bo‘lgan Makron tomon uchib kelayotgani, shundan so‘ng Prezident qo‘riqchisi uni himoya qilish uchun tezda Fransiya rahbarining boshi ustida soyabon ochganini ko‘rish mumkin. 

Fransiya Prezidenti bugun Il-de-Frans viloyatidagi Serji munitsipalitetiga safar qilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 24 aprel kuni Fransiyada prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Emmanuel Makron va Marin Le Pen prezidentlik uchun kurashdi. Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda Makron 58,54 foiz, Le Pen 41,46 foiz ovoz olgan. 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentyabr oyida Makronning Lion shahriga tashrifi chog‘ida noma’lum kimsa unga tuxumga o‘xshash narsa uloqtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Makron pomidor

Baholaganlar

575

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing