Olmazordagi bog‘chada bolaga qo‘l ko‘targan tarbiyachi jazolandi (video)

3-sahifa

image

Poytaxtning Olmazor tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi tomonidan besh yoshli tarbiyalanuvchiga nisbatan kuch ishlatilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Tarbiyachi 1 million 260 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda IIBB xabar berdi.

Qayd etilishicha, mas’ullar voqea joyiga chiqib, kuzatuv kameralarini o‘rgangan. Tasvirlarda tarbiyachi Yelena ismli ayol voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan to‘plangan materiallar jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga taqdim etilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari – 1 million 260 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Bolakayning ota-onasi farzandiga tibbiy muolajalar – elektroforez, massaj va psixolog ko‘rigi zarurligini ma’lum qilgan. Ularning aytishicha, voqeadan so‘ng darhol prokuraturaga murojaat qilingan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bog‘cha bolalar uchun mehr va himoya maskani bo‘lishi lozim. Jismoniy jazolash esa hech qachon tarbiya vositasi bo‘la olmaydi. Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlariga xodimlarni ishga qabul qilishda ularning malakasi va mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratish tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida bog‘cha opa yosh bolani kaltaklagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Olmazor tarbiyachi Elena

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing