Toshkentda 16 yashar qiz o‘z uyida osilgan holda topildi
3-sahifa
−
14:18 3761 1 daqiqa
Toshent shahrida 16 yashar qiz o‘z uyida osilgan holatda topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, joriy yilning 12 oktyabr kuni soat 18:12 da “112” raqami orqali kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahri Olmazor tumani “Ibrohim ota” MFY, Chuqursoy ko‘chasida joylashgan xonadonda 2010 yil 17 avgustda tug‘ilgan M.R. ning vafot etganligi aniqlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, uning ukasi uy eshigi qulflanganligi sababli balkon orqali xonadonga kirganida, opasini osilgan holatda ko‘rgan. Hodisa joyiga yetib borgan tez tibbiy yordam xodimlari uning vafot etganini qayd etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 1994 yilda tug‘ilgan erkak bekatda osilgan holda topilgandi.
Live
BarchasiJizzaxda 10 yoshli qiz zo‘rlandi
06 Oktyabr
Sergelidagi masjidga o‘t ketdi
03 Oktyabr