Olmazorda yarim gektarlik sun’iy köl quriladi

Jamiyat

−

image

Toşkent şahrining Olmazor tumanida sun’iy köl va sayr yölaklarini öz içiga olgan yangi sayilgoh barpo etilmoqda. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, dam oliş maskani Keles yöli köçasining KHAY va Qoraqamiş köçalari oraliğidagi hududida quriladi. Loyiha doirasida 5017 kvadrat metr maydonni egallaydigan sun’iy köl taşkil etiladi. Uning çuqurligi 2 metr, suv siğimi esa 10 ming kub metr bölişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, köl atrofida piyodalar uçun sayr yölaklari hamda velosiped harakati uçun alohida yölak quriladi. Ularning umumiy uzunligi 2 kilometrni taşkil etadi. Hokimlikning bildirişiça, quriliş va obodonlaştiriş işlari davomida hududdagi köp yillik daraxtlar saqlab qolinadi. Kiçikroq daraxtlarning ayrimlari esa mutaxassislar nazorati ostida boşqa mos joylarga köçiriladi.

Bundan taşqari, sayilgoh hududiga 200 tup daraxt ekiş közda tutilgan. Loyiha hudud qiyofasini yaxşilaş, ekologik muhitni boyitiş va aholi uçun yangi dam oliş maskanini yaratişga qaratilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 29 aprel kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev gidroenergetika sohasini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlariga bağişlangan taqdimot bilan tanişgan edi. Unda Toşkent şahridagi sun’iy köllar sonini 12 taga yetkaziş böyiça mas’ullarga topşiriq berilgani xabar qilingan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing