“Kredit ta’tili” vaqtida foizlar hisoblanadi

Jamiyat

image

Avvalroq, koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlar va fuqarolarga kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish muddati 2020 yilning 1 oktyabriga qadar kechiktirildi. Shuningdek, karantin rejimi faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan qarzdorlarning muddati o‘tgan kreditlariga jarima sanksiyalari qo‘llanmaydi va undiruv garov ta’minotiga qaratilmaydi.

Markaziy bank tijorat banklari va ularning qarz oluvchi mijozlariga murojaatida kreditlar bo‘yicha kechiktirishning amal qilish mexanizmi yuzasidan tushuntirish berdi.

Shu munosabat bilan Markaziy bank banklar rahbarlarini karantin davrida mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibini tushuntirgan holda markaziy telekanallarda doimiy brifinglarda ishtirok etish, buning uchun OAV, blogerlar va boshqa bog‘lanish bo‘yicha aloqa kanallari: veb-saytlar, ishonch telefonlari, Telegram-botlardan faol foydalanishga chaqiradi.

Qarz oluvchilar ham shuni nazarda tutishlari lozim: "kredit ta’tili" davrida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanishi lozim. Shu bois, qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida MB joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit karantin

Baholaganlar

521

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing