Olmazorda ichida yo‘lovchilari bo‘lgan “GAZel” yonib ketdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentning Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 26 iyul kuni soat 9:10 larda Olmazor tumanida ichida 8 nafar yo‘lovchi bo‘lgan “GAZel” yuk mashinasi yonib ketdi.  Yong‘in yuk mashinasining dvigatel qismida qisqa tutashuv yuzaga kelgani sabab sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, “GAZel”dagi yo‘lovchilar zudlik bilan tushirilgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor tumani GAZel'

Baholaganlar

475

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing