Olmaotada yaqin orada 12 balli zilzila bo‘lishi rostmi?

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘istonning Olmaota shahrida yaqin kunlarda 12 balli zilzila sodir bo‘lishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi buni rad etdi.

“Seysmolog olimlarning ma’lumotiga ko‘ra, zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo‘lgan aniq vaqt va joyni prognoz qilishning deyarli imkoni yo‘q”, deyiladi ushbu xabarda.

FVV fuqarolardan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonib, xavotirga tushmasliklarini so‘ragan.

Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, yerda anomal zilzilani vujudga keltiruvchi o‘zgarishlar yo‘qligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 22 yanvar kuni Olmaotada 5 balli zilzila kuzatilgan va buning oqibatida 44 kishi jarohatlangandi. 30 yanvar kuni Olmaotada yana zilzila yuz berdi va seysmologlar zilzila kuchini 2 ballga baholadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston zilzila Olmaota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing