Olmaotada “qonli yanvar” voqealari qurbonlari xotirasiga yodgorlik ochildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 23 dekabr kuni yanvar oyi boshida sodir bo‘lgan tartibsizliklar qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikning ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

"Davlat rahbari Olmaota shahriga xizmat safari doirasida yanvar voqealari qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan Tag‘zim yodgorlik majmuasini ochdi. Qosim-Jomart To‘qayev stela poyiga gul qo‘ydi. Yig‘ilganlar qurbonlar xotirasini bir daqiqa sukut saqlash bilan yodga oldilar”, deyiladi xabarda. 

Yodgorlik fojiali voqealar markazi bo‘lgan joyda o‘rnatildi. Bu ko‘p bosqichli me’moriy majmua bo‘lib, turli rangdagi to‘rtta me’moriy zonalarga bo‘lingan.  

“Och kulrang qism yengish bilan, qora qism yanvar voqealarini tartibsizlik va qo‘rquv bilan namoyish etadi, kulrang qism qurbonlar va to‘kilgan qonlar, insoniy yo‘qotishlar ramzi, oq qismi barqarorlik va farovonlik istagi, Jamiyat kamoloti, millatning o‘zligi, kuchli va adolatli davlatga ishonch ramzidir. Har bir zonada qozoq xalqining ko‘zga ko‘ringan vakillarining so‘zlari yozilgan tosh va stelalar o‘rnatilgan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida. 

Loyiha mualliflari qozog‘istonlik yosh arxitektorlar Aleksey Ivjenko va Gayni Sagidullayeva.

Qozog‘istondagi namoyish

Qozog‘istonda 2022 yilning birinchi kunlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi — mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi: u yerda talonchilik boshlandi, namoyishchilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, qurol-yarog‘larni olib ketishdi. Bunga javoban rasmiylar 19 yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar chog‘ida 1000 ga yaqin odam jarohatlangan. Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.  

5 yanvar kuni ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatni iste’foga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o‘zini rahbar etib tayinladi. O‘z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishida To‘qayev Qozog‘istondagi vaziyatni davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi deb baholadi va “terrorchilik tahdidini yengishda” KXSHTdan yordam so‘raganini aytdi. KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.

7 yanvar kuni To‘qayev terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko‘rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo‘q qilishga va’da berdi. Bundan tashqari, Prezident fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini ta’kidladi. 

13 yanvar kuni KXSHT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilindi. 19 yanvar kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ochiqladi.


Maqola muallifi

Teglar

qonli yanvar'

Baholaganlar

20

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing