Olmaota-Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Olam

image

Bugun, 1 martga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Jambil viloyatidan o‘tgan Olmaota-Toshkent trassasida yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.  

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan. Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelguniga qadar 29 nafar yo‘lovchi avtobusdan tushib, boshqa mashinalarga o‘tirgan va voqea joyini tark etgan.

Yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q. Favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun 9 nafar shaxsiy tarkib va texnikalar jalb qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Olmaota-Toshkent trassasida 26 mashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgandi.

Javohir Yo‘ldashov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

avtobus Olmaota-Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing