Olmaota-Toshkent trassasida 26 mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
01 fevral
8973Kecha, 31 yanvar kuni Olmaota-Toshkent avtomobil yo‘lining 567-kilometrida yengil va yuk mashinalari hamda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘istonning Jambil viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa viloyatning Jualin tumanida sodir bo‘lgan. YTH oqibatida jabrlanganlar Bauyrjan Momishuli qishlog‘idagi Jualin markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.
"Hozirda jabrlangan 25 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan biri voyaga yetmagan bola. Uning ahvoli o‘rtacha. 4 nafar bemor reanimatsiyada. Besh kishi jarrohlik bo‘limida, yana 15 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan", deyiladi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabarida.
Jambil viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoiti (muz, ko‘rish imkoniyati cheklangani, qor bo‘roni) tufayli 26 ta transport vositasi – to‘rtta yo‘lovchi avtobusi, to‘rtta yuk mashinasi va 18ta yengil avtomobil to‘qnashib ketgan.
Ayni paytda “Olmaota-Toshkent” respublika avtomobil yo‘lining 593-534-km gacha bo‘lgan qismida transport harakati ochiq. Yo‘llarni tozalash ishlari olib borilmoqda.